Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda 30 yil ichidagi eng yirik fil suyagi partiyasi ushlandi
Hongkong bojxona xizmati kontrabanda yo‘li bilan olib ketilayotgan 30 yil ichidagi eng yirik fil suyagi partiyasini musodara qildi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. Partiyaning og‘irligi 8 tonnani, narxi 72 mln Hongkong dollarini (9,2 mln dollar) tashkil qilgan.
Fil dandon tishlari Malayziyadan kema orqali tashilayotgan bo‘lgan. Ular muzlatilgan baliq solingan qutilar ostiga yashirilgan bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari ushbu ish bo‘yicha 3 kishini hibsga olgan, tergov boshlangan.
Ta'kidlanishicha, brakonerlar buncha miqdorda fil tishlarini olish uchun yuzlab fillarni o‘ldirishgan.

Ma'lum qilinishicha, Xitoy 2017 yilda mamlakatning qit'adagi qismida fil suyagi savdosini to‘liq taqiqlab qo‘ymoqchi. Biroq Xitoyning maxsus ma'muriy hududi Hongkongda ba'zi istisnolar mavjud. Taxmin qilinishicha, bu mahsulot oldi-sotdisi 2021 yilgacha batamom taqiqlanadi.
Mavzuga oid
10:19 / 20.12.2024
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
23:51 / 10.12.2024
Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi
17:40 / 03.12.2024
Hongkongda 2,5 ming panda haykallaridan iborat ko‘rgazma o‘tkazilmoqda
00:28 / 06.09.2024