Sport | 17:06 / 08.07.2017
10272
1 daqiqa o‘qiladi

Ramos Mbappeni Madridda kutmoqda

Foto: Twitter/@realmadrid

«Real» sardori Serxio Ramos «Monako»ning 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappening o‘yinlaridan hayratga tushish haqida aytib o‘tdi.

«Men Chempionlar ligasida uning nimalarga qodirligini ko‘rdim. U katta salohiyatga ega futboli. Mbappe — tezkor futbolchi, u raqib himoyachilarini ortda qoldirib, darvozaga aniq zarba bera oladi. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylana oladi», — deya Ramosning so‘zlarini keltirgan FootMercato.

7 iyul kuni nashrlar «Real» Mbappe bilan 6 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgani, unga 6-7 mln yevro miqdoridagi yillik maosh tayinlanishi haqida yozgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid