Sport | 16:10 / 08.07.2017
16724
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek futboli yulduzlaridan biri «Lokomotiv»da ish boshladi

Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi murabbiylar shtabida yana bir mutaxassis ish boshladi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, Andrey Fyodorov «temiryo‘lchilar» klubi murabbiylar shtabiga qo‘shilgan.

«Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri, Osiyo o‘yinlari-1994 g‘olibi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ko‘rsatgan ishonchli o‘yinlari bilan futbol jamoatchiligida nom qozongan Andrey Fyodorov endilikda «Lokomotiv» jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi. 46 yoshli Fyodorov jamoamizda bosh murabbiy yordamchisi sifatida mehnat qiladigan bo‘ldi», deyilgan xabarda.

Fyodorovning oxirgi ish joyi Farg‘onaning «Neftchi» klubi bo‘lgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid