O‘zbekiston | 14:20 / 09.07.2017
11472
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov XXR qishloq xo‘jaligi vaziri bilan uchrashdi

Foto: Xinhua

Bosh vazir Abdulla Aripov XXR qishloq xo‘jaligi vaziri Xan Chanfu bilan uchrashdi, tomonlar qishloq xo‘jaligi sohadagi hamkorlikni muhokama qilishdi. "Sinxua" agentligi shu haqida xabar berdi.

Xan Chanfu O‘zbekiston hukumati rahbariga XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning salomini yetkazdi. Vazir yaqinda Pekinda yuksak darajada o‘tgan "Bir makon - bir yo‘l" doirasidagi Forum davomida ikki mamlakat rahbarlari samarali muzokaralar o‘tkazishgani, uning bu safargi tashrifi esa ana shu muzokaralarni hayotga tadbiq etish va qishloq xo‘jaligida ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlikni rag‘batlantirishni maqsad qilganini ta'kidladi.  

Xan Chanfu XXR va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga investitsiya kiritish, agrosanoat parklari qurilishini faol rag‘batilantirish, birgalikda xalqaro namunaviy chorvachilik maydonini yaratish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish, qishloq xo‘jaligi fan va texnologiyalari hamda gumanitar aloqalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakatdagi qishloq xo‘jaligini   hamkorlikda rivojlantirish uchun texnologik qo‘llab-quvvatlash va bozor maydonini ta'minlashga doir hamkorlik aloqalarini kengaytirish zarurligini qayd etdi. 

Abdulla Aripov, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston hukumati qishloq xo‘jaligi rivojiga katta e'tibor qaratayotgani, XXR tajribasini o‘rganmoqchi ekani va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, paxtachilik, akvamadaniyat va ipakchilik kabi sohalarda Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini rag‘batlantirish va fermerlar daromadini oshirishga umid bog‘layotganini ta'kidladi. 

Mavzuga oid