Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya aeroportidagi samolyotda o‘nlab kilogramm oltin yombilari topildi
Tayvandan Yaponiyaning Kansay aeroportiga parvozni amalga oshirgan Vanilla Air aviakompaniyasiga qarashli samolyot hojatxonasidan 10lab kg oltin yombilari topildi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, havo kemasi ekipaji hojatxonalardan birining devori shubhali ko‘rinishda ekanini aniqlagan. Shundan so‘ng, u yerga aeroport bojxona xodimlari yetib kelgan.
Aniqlanishicha, hojatxona devori ortida qora sumkada bir nechta oltin yombi yashirilgan bo‘lgan. Uning og‘irligi bir necha kilogrammni tashkil tgan.
Ayni vaqtda, surishtiruv ishlari olib borilyapti.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025