Mirziyoyev: 5 yil qarsak chalmaymiz, bir-birimizni maqtamaymiz
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi.
Viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish chog‘ida Prezident hamma sohalar bo‘yicha rejalar aniq ekanini aytib o‘tgan.
“Ko‘p qilgan ishlarimiz o‘zimizniki. Lekin oldimizda katta rejalarimiz, niyatlarimiz turibdi, odamlarimizni umidlari turibdi. Hamma soha bo‘yicha rejalarimiz aniq, strategiyamiz bor. Biz kelishganimizdek, 5 yil qarsak chalmaymiz, 5 yil bir-birimizni maqtamaymiz. Faqat ishlaymiz, ishlaymiz, yana bir marta ishlaymiz. Odamlarimizga oddiy mehnatimiz bilan, halol mehnatimiz bilan, korrupsiyani yo‘q qilib, mana, prokuraturaga qancha masalalar qo‘ydik, ichki ishlar tizimini mutlaqo o‘zgartirayapmiz, mana, insof bersin – sudyalar bilan gaplashdik. Yoshlar bo‘yicha tarbiyamizga, diniy masalalar bo‘yicha, diniy oqimlar bo‘yicha birovga yoqadimi-yoqmaydimi, juda keskin-keskin savollar qo‘ydik. Yoshlar ittifoqini tuzdik. Yoshlarimizga hozirgi zamon talabiga munosib sharoit yaratib bermasak, ular bilan muloqot qilmasak, ularning dardini eshitmasak, ular bilan teng bo‘lmasak, oyog‘imiz yerdan uzilsa, ular bizdan uzoqlashayapti. Bu yaxshilikka olib kelmaydi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
08:30 / 14.12.2023
«Markaziy Osiyo + Ko‘rfaz arab davlatlari» vazirlar yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:36 / 18.08.2023
Prezident tadbirkorlar uchun qanday yengilliklarni e’lon qildi?
14:23 / 18.08.2023