Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu va Ramos "Real" bilan AQShga yo‘l olmadi
"Real Madrid"ning AQShda bo‘lib o‘tadigan mavsumoldi mashg‘ulotlariga jalb qilingan 26 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatdan Krishtianu Ronaldu hamda Serxio Ramos joy olmadi.
AS bergan ma'lumotga ko‘ra, Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan Ronaldu va yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida qatnashgan Xesus Valexo hamda Borxa Mayoral ta'tilda. Shuningdek, dam olish kunlari taqdim etilgan Ramos ham payshanba kuni o‘zi Los-Anjyelesga yo‘l olgan.
Ro‘yxatda quyidagi futbolchilar bor: darvozabonlar Keylor Navas, Kasilya, Ruben Yanes, Luka; himoyachilar Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo, Teo, Danilo, Kesada, Texero, Xakimi, Manu Ernando; yarim himoyachilar Kroos, Kasemiro, Modrich, Isko, Kovachich, Oskar, Franchu; hujumchilar Benzema, Beyl, Lukas Vaskes, Morata, Dani Gomes.
"Real" Xalqaro chempionlar kubogida "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Barselona"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025