Jahon | 23:48 / 13.07.2017
8777
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning sobiq prezidentlaridan biri Karter Kanadada shifoxonaga yotqizildi

AQShning sobiq prezidentlaridan biri Jimmi Karter sillasi qurigani sababli Kanadada shifoxonaga yotqizilgan, biroq ayni damda u o‘zini yaxshi his qilmoqda, deya vakilining so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.

«Sobiq prezident Kanadaning Manitoba provinsiyasi Vinnipeg shahrida «Insoniyat uchun yashash maskani» (Habitat for Humanity) qurilish loyihasida ishlay turib sillasi qurigan», — deyiladi Karter markazi saytidagi bayonotda.

92 yoshli prezidentning vakili xabariga ko‘ra, Karter «ehtiyotkorlik chorasi qo‘llanilib» shifoxonaga yotqizilgan, rafiqasi ham uning yonida.

Karter shu hafta boshida Kanadaga yetib kelgan va mamlakatning turli burchaklarida 100 ga yaqin uyning ta'mirida ishtirok etishni maqsad qilgan. Washington Post xabariga ko‘ra sobiq prezident o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid