Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr OAV Hurgadadagi qotillikning 3 ehtimoliy sababini ma'lum qildi
Misrning Hurgada shahridagi mehmonxonalaridan birinchi plyajiga uyushtirilgan hujum oqibatida 2 sayyoh ayol halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi. Mahalliy OAV esa voqeaning 3 sababi haqida yozmoqda.
Mazkur xurujni amalga oshirgan 28 yoshli Abdul Rahmon Shabon dunyoning ko‘plab mamlakatlarida taqiqlangan IShID a'zosi bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Sada al-Balad" portali Misr xavfsizlik organlaridagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda. Jinoyatchi, nashrning yozishicha, IShID g‘oyalariga ishongan va so‘roq vaqtida "shariat qonunlari asosida yashagani"ni aytgan.
Bundan tashqari, u nemischa bilgan va hujumdan avval xorijliklar bilan muloqotda bo‘lgan. Shu bilan bir vaqtda, Misrning boshqa bir internet sayti Elmwatin ham xavfsizlik idoralariga asoslanib, hujum turmushdagi kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqida yozdi. Bunda misrlik va ukrainalik ayollar o‘zaro janjallashib qolgan. Shundan so‘ng, misrlik ayolning eri rafiqasini xafa qilganlardan o‘ch olgan.
Uchinchi taxminga ko‘ra, jinoyatchi ruhiy xasta bo‘lgan va hujum vaqtida nima qilayotganini anglab yetmagan.
Misr hukumati esa, hozircha, fojia bo‘yicha rasmiy ma'lumot berganicha yo‘q. Jinoyatchi ushlangan, u ko‘rsatmalar berayotgani aniq.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025