Sport | 10:19 / 18.07.2017
9455
2 daqiqa o‘qiladi

Arsen Venger Aleks Fergyusonni ortda qoldirdi

17 iyul kuni «Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger yana bir rekord ko‘rsatkich qayd etdi.

Fransiyalik ushbu mutaxassis shu vaqtgacha klub bosh murabbiyi bo‘lib ishlash muddati borasida «Arsenal»ning rekordchisi edi. Endi u bu ko‘rsatkich bo‘yicha APL rekordini ham yangiladi.

17 iyul kunida Venger «kanonirlar» ustozi bo‘lganiga 7583 kun to‘ldi. Bu vaqt davomida u tanaffuslarsiz bir jamoada ishladi.

«Manchester Yunayted» klubining afsonaviy murabbiyi Aleks Fergyuson jamoa bosh murabbiyi sifatida 7582 kun davomida faoliyat olib borgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinni katta farq bilan orqada borayotgan Devid Moyyes egallab turibdi – 4082 kun («Everton»).

Eslatib o‘tamiz, Arsen Venger 1996 yil 12 oktabr kunidan «Arsenal» bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda. Shu kungacha u APL doirasida jamoani 790 o‘yinga boshlab tushgan. U jamoa bilan 1998, 2002 va 2004 yillarda Angliya chempioni bo‘lgan. Uning jamoa rahbarligida qo‘lga kiritgan sovrinlari soni jami 16ta. Venger IFFHS talqiniga ko‘ra, XXI asrning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan.

Venger o‘tgan oyda yangi ikki yillik shartnomani imzolagandi.

Mavzuga oid