Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda “Kobalt” haydovchisidan marixuana topildi
2017 yilning 12 iyul kuni soat taxminan 23:30larda Chilonzor tumanidagi “Erkin” YPX maskanida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Inom Rahimov boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning salon qismidan og‘irligi 1,98 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
20:18 / 12.05.2025
Toshkentdagi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga «Katyusha» yodlatgani xabar qilindi
11:18 / 22.04.2025
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
10:28 / 21.04.2025
Toshkentda 10 dan ortiq mashinani urib ketgan Gentra'da bo‘lgan 3 kishi qamaldi
17:33 / 20.04.2025