Jahon | 22:00 / 18.07.2017
15309
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi kompaniya xodimlari tik turib ishlashga tushishdi (foto, video)

Foto: Aydyna Raximbayeva

Qozog‘istonlik biznesmen Oydin Rahimboyev Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida ma'lum qildiki, endi uning kompaniyasida ishlovchilar tik turgan holda mehnat qilishadi.  

U yirik qurilish kompaniyasi rahbari bo‘lib, bu usulni xorijiy hamkasblaridan o‘rgangan.

“Kelayotgan kuzdan boshlab ofisda tik turgan holda ishlaymiz. Huddi shu usulni Yaponiyaga malaka oshirgani borganimda ko‘rgandim. Yaponlarning fikricha, bu usul ish samarasi uchun foydali ekan va bu fakt ham. Miyadagi neyronlar o‘tirgan holatga ko‘ra, turgan paytda faol bo‘lar ekan. Bundan tashqari, ish o‘ringa joylashish, o‘tirish ham xodimning ancha vaqtini o‘g‘irlab qo‘yadi. Ular sakkiz soat tik turgan holda 28 soat o‘tirib ishlagan odamdan ko‘ra ko‘proq mehnat qilishar ekan. Bularning bari rasmiy statistika faktlaridir”, - deb yozgan Oydin Rahimboyev.

Oydin Rahimboyev. Foto facebook/rakhimbaev 

Qozog‘istonlik biznesmen misol tariqasida Yaponiyadagi zavodlardan birida tasvirga tushirilgan video va suratlarni ilova qilgan.

Suratda yapon kompaniyasi xodimlari.

“Yiliga 400 million dollar tushumga ega kompaniya xodimlari tik turib ishlashadi, hatto direktori ham. Ular har ertalab 10 daqiqa vaqt ajratib, o‘z ish o‘rinlarini tozalashadi, pollarni artishadi, hatto direktori ham”, deb yozgan o‘z fikrlari bilan bo‘lishgan Oydin Rahimboyev.

Mavzuga oid