Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Monako» Mbappeni avramoqchi bo‘layotgan klublar ustidan FIFAga arz qiladi
«Monako» klubi o‘zining rasmiy sayti Kilian Mbappega nisbatan bo‘layotgan munosabat sabab bayonot bilan chiqqan.
Monegaskliklar rahbariyati bergan xabarga ko‘ra, Yevropaning bir qator top-klublari 18 yoshli forvard bilan «Monako» ruxsatisiz aloqaga chiqishmoqda va uni o‘z jamoasiga o‘tkazish uchun tinmasdan harakat qilmoqda.
«Monako» bunday klublarga Fransiya professional ligasining (LFP) ma'muriy reglamenti 211 moddasi va FIFA qoidalariga zid ekanini eslatadi. Bu kabi noxush vaziyatga barham berish maqsadida «Monako» LFP va FIFAga qoidalarni buzayotgan klublar ustidan shikoyat qilib murojaat qilmoqchi», — deyiladi klub bayonotida.
Sky Sports yangiliklar bo‘limi muharriri Brayan Suonsonning qayd etishicha, «Monako» «Manchester Siti» va «PSJ» klublari ustidan shikoyat qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
14:26 / 17.10.2024