Sport | 09:20 / 21.07.2017
14123
1 daqiqa o‘qiladi

Mavsumdagi ilk Manchester derbisida «qizillar» ustun keldi

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» jamoalari AQShning Hyuston shahrida to‘qnash kelishdi. 

O‘yin davomida to‘p nazorati Gvardiola shogirdlari tomonida bo‘lsa-da, birinchi bo‘limda kiritilgan 2ta gol Mourino jamoasiga g‘alaba keltirdi. 37-daqiqada Romelu Lukaku, oradan 2 daqiqa o‘tib Markus Reshford raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. 

Ikkinchi bo‘limda Lukaku o‘z dublini rasmiylashtirishi mumkin edi, ammo uning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi darvoza ustuni va to‘sini kesishgan joyga tegib qaytdi. Shuningdek, «Manchester Siti» futbolchilari ham bir nechta imkoniyatlardan foydalana olishmadi. 

International Champions Cup
Manchester Siti – Manchester Yunayted – 0:2
Gollar: Lukaku (37), Reshford (39)

Mavzuga oid