Jahon | 08:32 / 22.07.2017
14693
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Karakas ko‘chalari bo‘ylab yashirincha harakatlandi

Foto: AFP

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Karakas bo‘ylab maxfiy tarzda avtomobilda aylandi, deb xabar bermoqda Globo.

Prezidentning avtomobilda harakatlanishi videoga olinib, internetda joylashtirildi. Maqsad – muxolifat tomonidan e'lon qilingan ish tashlashning muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko‘rsatish edi.

Maduro videoyozuvda ishlayotgan kishilarni ko‘rsatgan. Ma'lum qilinishicha, muxolifat fuqarolar Milliy ta'sis yig‘ilishini chaqirishga qarshi bo‘lib, ishga chiqmayotganini iddao etayotgan bo‘lsa-da, bu haqiqatdan yiroq ekan.

Avvalroq Venesuelada ommaviy norozilik namoyishlari vaqtida 100 inson halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid