Jahon | 15:10 / 23.07.2017
11111
6 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Islom dunyosi birlik va hamjihatlikka muhtoj bo‘lib turibdi

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Fors ko‘rfazining uch davlatiga uyushtiradigan tashrifidan avval matbuot anjumani o‘tkazdi, deb xabar beradi Anadolu axborot agentligi.

Turkiyaning Fors ko‘rfazidagi do‘stona davlatlar bilan munosabatlarida muammo va murakkabliklar bo‘lishini qabul qilish qiyin, deb hisoblaydi, degan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fors ko‘rfazining uch davlatiga uyushtiradigan tashrifidan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Turne davomida Turkiya davlat rahbari avval Saudiya Arabistonida to‘xtaydi, keyin Kuvayt va Qatarga yo‘l oladi. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara mintaqada sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealarda chuqur taassufda. 

«Bugungi kunda butun dunyo musulmonlari birlik va hamjihatlikka avvalgilardan ham ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lib turibdi. Suriya, Iroq, Liviya va Falastin xalqlarining tortayotgan azoblarini barchamiz ko‘rib turibmiz»,  deya ta'kidlagan prezident, islom dunyosidagi mavjud muammolarga yanada yangilari qo‘shilayotganidan chuqur afsusda ekanini izhor etib.

«Bunga misol qilib Qudsi sharifdagi Al-Aqso masjidi atrofidagi voqealarni keltirish mumkin. Keyingi kunlarda Al-Aqso masjidi bilan bog‘liq hurmatsizlik islom dunyosida chuqur tashvish keltirib chiqarmoqda», — degan Erdo‘g‘an.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta'kidiga ko‘ra, Qudsdagi Al-Aqso masjidi nafaqat Falastin xalqining, balki 1,7 milliard musulmonning ham muqaddas dargohi va sha'ni hisoblanadi. «Musulmon dunyosi ushbu masjidga nisbatan joriy etilgan cheklovlarga indamasdan qarab tura olmaydi. Turkiya ham bu voqealarga keskin munosabat bildirdi», — degan prezident.

Turkiya prezidentining qayd etishicha, Qudsda huquqlarning toptalishi musulmonlar tomonidan noqonuniy harakatlarni boshlash uchun asos bo‘lmasligi kerak.

«Isroilning xatti-harakatlariga reaksiya mutanosib va qonunga muvofiq bo‘lmog‘i lozim. Islom bizni e'tiqod erkinligi va barcha din vakillarini hurmat qilishga chorlaydi. Shu sababli biz Qudsdagi, shu jumladan Al-Aqso masjidi atrofidagi tarang vaziyat tezroq yumshashi uchun qo‘ldan kelgan barcha imkonni ishga solamiz»,  degan Turkiya yetakchisi.

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) ning amaldagi rahbari sifatida Erdo‘g‘an Isroilni «tarixiy an'analar va inson haqlari»ni hurmat qilishga chaqirdi.

«Mintaqada keskinlik yanada tarqalishining oldini olish kerak. Turkiya har doimgidek mintaqada tinchlik barqaror bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi va birodar-falastinliklarning kurashini qo‘llab-quvvatlashga tayyor»,  deya ta'kidlagan prezident.

Hech kim Turkiyaning ichki ishlariga aralashishga haqli emas

Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaga chetdan turib, jumladan, Berlin tomonidan bosim uyushtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytib o‘tgan.

«Turkiya — demokratik, ijtimoiy yo‘nalgan va huquqiy davlat. Hech kim bizning ichki ishlarimizga aralashishga haqli emas», — degan davlat rahbari.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, shubhasiz, Turkiya davlati xorijiy davlatlarning diplomatik missiyalaridan foydalanib uyushtiriladigan provakatsiyalarning oldini olish uchun kerakli harakatlarni amalga oshiradi.

Erdo‘g‘an Fathulloh Gulenning terroristik oqimi (FETÖ) ning ko‘plab a'zolari Germaniyada erkin faoliyat ko‘rsatayotganiga e'tibor qaratgan.

«Anqara Berlinga o‘sha shaxslarning ro‘yxati va ismlarini berdi. Garchi jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish haqida davlatlararo shartnoma borligiga qaramasdan, Germaniya FETÖ terrorchilarini Turkiyaga topshirishdan bosh tortdi. Lekin Germaniya Turkiyada biri qo‘lga olingan, ikkinchisi hukm qilingan ikki fuqarosi bilan bog‘liq ishlarda uchun norozilik bildirib kelmoqda», — dedi prezident. 

Davlat rahbari bu shaxslar bilan bog‘liq ishlarda mustaqil turk sudi qaror chiqarishini alohida ta'kidlab o‘tdi. 

«Nemis siyosatchilari bu mavzudan saylovoldi propagandasi dalili sifatida foydalanishmoqda. Ma'lumki, oktabrda Germaniyada saylov bo‘lib o‘tadi va bir qator siyosatchilar mamlakat ichidagi kayfiyatdan foydalanib qolishmoqchi. Lekin buning bizga tegishli joyi yo‘q», — dedi turk yetakchisi.

«Men Germaniya TIV rahbariga, uning siymosida bu mamlakatning barcha diplomatlariga Anqara va Berlin NATO doirasida hamkor ekanligi borasidagi faktni hisobga olish kerakligini bir necha marotaba aytganman. Turkiya shuningdek, YeIga qo‘shilish uchun nomzod mamlakat hisoblanadi. Ya'ni, davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik hamkorlik uzoq muddatlarga mo‘ljallangan. Shu sababli bizning o‘zaro hamkorligimizgina rahna soluvchi xatti-harakatlardan qochish kerak», — deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.

Prezidentning ogohlantirishicha, agar Berlin Turkiyadan qochgan terrorchilarga boshpana berib, boshini silasa, hattoki perzidentlik ma'muriyati darajasida ularni qabul qilsa, shubhasiz, ular Anqaraning javob harakatiga ham tayyor bo‘lib turishlari kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid