Fan-texnika | 10:56 / 24.07.2017
15276
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya chempioni Felps 100 metrga suzishda oq akulaga mag‘lub bo‘ldi

Sport tarixida Olimpiya o‘yinlarida 23 marotaba chempionga aylangan yagona sportchi – amerikalik suzish ustasi Maykl Felps oq akula bilan 100 metr masofaga suzish bo‘yicha bahsda mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda «R-Sport» xabar qilmoqda.

Daily Mail ma'lumotiga ko‘ra, Felps televizion dasturlarning birida akula bilan o‘ziga xos bahsga kirishgan, hayvonning suzishi esa kompyuter modeli yordamida gavdalantirildi. Bu JARdagi Mossel ko‘rfazida bo‘lib o‘tgan.

Felps monofinli (har ikki oyoqqa taqiluvchi katta lastlar) maxsus gidrokiyimda bo‘lgan. Natijada 32 yoshli amerikalik sportchi belgilangan masofani 38,1 soniyada suzib o‘tgan bo‘lsa, akula 36,1 soniyani qayd etgan.

Mavzuga oid