Jahon | 21:00 / 26.07.2017
60298
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya AQShni yer yuzidan o‘chirib tashlashga va'da berdi

foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

Shimoliy Koreya AQShga Koreya urushi yakunlanganining 64 yilligi arafasida kutilmagan yadroviy zarba berish bilan navbatdagi marta tahdid qildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, urush yakunlangani nishonlanishi arafasida Pxenyanda tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Shimoliy Koreya xalq qurolli kuchlari vaziri Pak Yon Sik nutq so‘zlagan.

"Agar dushmanlar Shimoliy Koreyaning strategik holatini yetarlicha baholamay, o‘zlarning mavjudligiga xavf soluvchi ogohlantiruvchi yadroviy zarba berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlasalar, yengilmas Pektusan inqilobiy armiyasi hech qanday ogohlantirishsiz Amerika imperiyasining naqd yuragiga eng mustahkam ogohlantiruvchi yadroviy zarba berib, AQSh deb atalgan yerdan sayyorada nom-nishon ham qoldirmaydi va vatanni birlashtirish bo‘yicha tarixiy ishni yakuniga yetkazadi", deb aytgan Pak Yon Sik.

Vazirning aytishicha, AQSh Shimoliy Koreya harbiy qudrati oshishidan xavotirlanib, unga yadroviy zarba berishni o‘ylamoqda.

Shimoliy Koreya va AQSh rasman urush holatida deb hisoblanadilar, chunki ular orasida kelishuv imzolanmagan, yarashuv kelishuvi esa amerikaliklar va Janubiy Koreyaning harbiy tayyorgarliklari sababli Shimoliy Koreyada anchadan beri ma'nosini yo‘qotgan hisoblanadi.

Shimoliy koreyaliklar o‘zlarini 64 yil avvalgi urushda AQShni mag‘lub etgan deb hisoblaydilar va yarashuv o‘rnatilgan kun – 27 iyulni "g‘alaba kuni" sifatida nishonlaydilar.

Ayni vaqtda Pxenyan jadal ravishda yadroviy va raketa qurollarini yaratish, ularni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda va qit'alararo ballistik raketalari yordamida sayyoraning istalgan nuqtasiga zarba bera olishini ta'kidlab keladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid