Jamiyat | 10:21 / 26.07.2017
30685
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda jiddiy YTH yuz berdi, ikki inson halok bo‘ldi
Mirobod tumanida 25 iyul kuni soat 16:30lar atrofida jiddiy YTH yuz berdi. Qo‘yliq-3 mavzesida sodir bo‘lgan hodisa sabab ikki inson hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari yozmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, “Jyentra” avtomobili haydovchisi yuqori tezlik tufayli boshqaruvni yo‘qotib, qatnov qismidan tashqariga chiqib ketgan.
Foydalanuvchilarning yozishicha, avtomobil daraxtga borib urilgan. U tiklab bo‘lmas holatga kelgani aytilmoqda.
Ba'zilarning so‘zlariga ko‘ra, “Jyentra” taxminan soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlangan.
Ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot hozircha berilmadi.
Mavzuga oid
18:52
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024