Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada olovrang qizil chumoli ilk bor odamni chaqib oldi
Yaponiyalik shifokorlar olovrang qizil chumoli tomonidan Yaponiyada ilk bor odam chaqib olingani holatini qayd etishdi. Bu chumolilar dunyodagi eng xavfli chumolilardan biri hisoblanadi. Ushbu hodisa Kyusyu orolining janubidagi Xakata portida yuz berdi.
Bu turdagi chumolilar portda bir haftacha oldin aniqlangandi. Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, bir necha o‘nlab chumolilar va ularning g‘umbaklari Xitoydan kelgan konteyner yonida aniqlangan. Chumolilar shu zahotiyoq yo‘q qilingan. Shu bilan birga bu konteynerdagi yuk Yaponiyadagi boshqa omborxonalarga jo‘natilgani haqida ma'lumot yo‘q.
NHK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi portning konteynerdan yukni tushirayotgan xodimlaridan biri bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu odam chumoli chaqishini sezgan. Bir fursatdan keyin chaqish joyi atrofida toshma paydo bo‘lgan va ishchi yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar ishchi qizil chumoli tomondan chaqib olinganini tasdiqlaganlar. Hozirda jabrlanuvchining hayotiga hech qanday xavf yo‘q. Bu holat Yaponiyadagi ilk shunday holat bo‘ldi.
Bu Yaponiyaga keltirilgan konteynerlarda qizil chumolilar aniqlanayotgan birinchi holat emas. Avvalroq bu chumolilar Xitoydan Nagoya va Tokio shaharlari portlariga keltirilgan konteynerlarda aniqlangan. May oyida esa hasharotlar Kobe portida aniqlangan. Mutaxassislar chumolilar ko‘payib ketishidan xavotirlanmoqdalar.
Qizil chumolilar chaqishidan keyin ko‘pchilik odamlarda teri qizarishi, toshma va shishlar, ba'zi hollarda bosh aylanishi va qayd qilish kuzatiladi. Bu chumolilar allergiyaga moyilligi bor odamlarga katta xavf soladi. Chunki ularning chaqishi anafilaktik shokkacha olib kelishi mumkin bo‘lgan reaksiyani chaqirishi mumkin.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025