Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon kompaniyasining choraklik daromadi 77 foizga kamaydi
Amerikaning internet orqali chakana savdo qiluvchi Amazon kompaniyasining 2017 yil ikkinchi choragidagi sof foydasi 77 foizga pasayib, 197 mln dollarni tashkil etgan. Bu har bir aksiya 0,4 dollarga arzonlashganini anglatadi. Shu bilan bir vaqtda eng yirik chakana savdo kompaniyasining pul tushumi 30,4 mlrddan 38 mlrd dollargacha oshgan.
Tahlilchilar sof pul tushumini 22 foizga yoki 37,2 mlrd dollarga o‘sishini, ya'ni har bir aksiyadan 1,42 dollar qiymatida foyda ko‘rishini taxmin qilishgan edi. Kompaniyaning amaliy foydasi 51 foiz, ya'ni 628 mln dollarga tushgan. U daromad pasayishini xarajatlarning 33 foizga yoki 5,16 mlrd dollarga ortgani bilan izohladi. Texnologiyalar va tarkibiy xarajatlar 43 foizga o‘sib, 5,55 mlrd dollarni tashkil etgan. Marketing maqsadlarida sarflangan mablag‘ 44 foizga o‘sib, 2,23 mlrd dollarni tashkil etgan.
Amazon kompaniyasining AQShdagi amaliyotlaridan 17,7 mlrd dollardan 22,4 mlrd dollarga, xalqaro bozordagi amaliyotidan 9,8 mlrddan 11,5 mlrd dollargacha o‘sgan. Uning bulutli xizmatidan foydasi 200 mln dollarga oshib, 916 mln dollarga yetgan.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025