Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tez tibbiy yordam dispetcherlik xizmati boshqa shoshilinch xizmatlar bilan bog‘lanadi
Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 526-son qarori bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarining Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 16.03.2017 yildagi PF-4985-son farmoniga binoan muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari 1.01.2019 yildan faoliyat ko‘rsatishni boshlaydi.
Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• tez tibbiy yordamning tezkorligi, sifati va undan foydalanish darajasini oshirish;
• respublikaning barcha hududi bo‘yicha tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash;
• tez tibbiy yordam xizmati sayyor brigadalari faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirish;
• IIV, FVV va «O‘ztransgaz» AJning tezkor xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta'minlash;
• tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida tezkor statistik axborot va hisobotlarni shakllantirish.
Kelasi yilning oxirigacha muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlarining tashkil etilayotgan Milliy geografik axborot tizimiga ulanishi ta'minlanishi darkor.
Chora-tadbirlar dasturiga asosiy uch yo‘nalish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar kiritilgan:
• muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha normativ bazani shakllantirish;
• moddiy-texnika bazasini shakllantirish;
• xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar.
Dasturni amalga oshirish uchun davlat maqsadli jamg‘armalaridan 15 mlrd. so‘m va xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va grantlari hisobidan 17 mln. AQSh dollari ajratiladi.
Mavzuga oid
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
18:29 / 09.04.2025
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi
15:31 / 24.03.2025