Jamiyat | 12:56 / 29.07.2017
19406
2 daqiqa o‘qiladi

Elektr tarmog‘i korxonalari tarmoqdan ogohlantirib o‘chirishi kerakmi?

SAVOL: Elektr energiyasidan qarzdorlik mavjud bo‘lganda tarmoqdan ogohlantirib o‘chiriladimi yoki ogohlantirmasdan o‘chirish mumkinmi?

Z.ShOIMOV,

Surxondaryo viloyati

JAVOB: «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari»ga ko‘ra, maishiy iste'molchi elektr ta'minot korxonasiga iste'mol qilingan elektr energiyasi to‘lovini har oyning 10 sanasiga qadar amalga oshirib borishi kerak. Agarda maishiy iste'molchining qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda ETK tomonidan ogohlantirilmay tarmoqdan o‘chiriladi.

 

SAVOL: Maishiy iste'molchilarning elektr hisoblagichlari qay tartibda va qanday muddatda qiyoslovdan o‘tkaziladi?

F.SOHIBOV

Qashqadaryo viloyati

JAVOB: Maishiy iste'molchilarning elektr hisoblagichlarini qiyoslovdan o‘tkazish Adliya vazirligida 2015 yil 1 dekabrda 2736-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Maishiy iste'molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan amalga oshiriladi. Nizomning 4-bandiga ko‘ra, hisobga olish priborlarining qiyoslashlararo interval muddati to‘rt yilni tashkil qiladi.

Savollarga «O‘zbekenergo» Bosh yuriskonsulti Jasurbek NAMOZOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Mavzuga oid