Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ABC: Alabama qamoqxonasidan 12 mahbus juftakni rostladi
Amerikaning Alabama shtatidagi qamoqxonadan 12 jinoyatchi qochib ketdi, deb xabar qilmoqda ABC telekanali.
Xabar qilinishicha, ushbu holat shtat shimolidagi Uoker okrugida joylashgan axloq tuzatish koloniyasida yuz bergan. Qamoqxona ma'muriyati mahbuslarning qanday qilib ozodlikka chiqib ketganiga doir tafsilotlarni ma'lum qilmagan.
Qochoqlarning 6 nafari ushlangan. Yana olti jinoyatchi qidirilmoqda. Ularning ikki nafari qotillikka urinishda ayblangan xavfli jinoyatchilar ekani ta'kidlanmoqda.
Qamoqdan qochganlar 19-30 yosh oralig‘idagi kishilardir. Politsiya jinoyatchilarning suratlari va ism-shariflarini e'lon qilgan.

Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025