Jahon | 08:23 / 31.07.2017
12237
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning BMTdagi doimiy vakili: KXDR bilan muloqot qilish vaqti tugadi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heylining bayonot berishicha, u biror natijaga erishilmas ekan, BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya bo‘yicha navbatdagi majlisini chaqirishdan ma'ni ko‘rmayapti. Diplomat o‘zining Twitter sahifasida shunday bayonot berdi

«Muloqot qilish vaqti o‘tdi. Endilikda, Shimoliy Koreya tuzumining xalqaro tinchlikka rahna solayotgani hammaga ma'lum», — degan Heyli. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, XKning KXDR harakatlarini qoralovchi yana bitta rezolyutsiyasi «Shimoliy Koreyaga xalqaro bosimni kuchaytirmaydi».

«Aslida, bu hech narsa qabul qilinmaganidan ham yomonroqdir. Chunki, yangi rezolyutsiya Shimoliy Koreya diktatoriga xalqaro hamjamiyat u bilan jiddiy kurashmoqchi emasligi haqida ishora beradi», — deya ta'kidlagan Amerika doimiy vakili.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid