Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil sug‘urta polisiga boshqa insonni qanday qo‘shish mumkin?
SAVOL: Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sug‘urta polisiga o‘g‘limni qo‘shtirmoqchi edim, bunda qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?
M.UMAROV,
Toshkent shahri
JAVOB: Majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida transport vositasini boshqarishga qo‘shimcha ravishda haydovchi qo‘shilgan taqdirda sug‘urta qildiruvchi yozma shaklda ariza bilan qo‘shilayotgan haydovchining (jismoniy shaxsning) pasporti yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasini, transport vositasini boshqarishga berilgan ishonchnoma, haydovchilik guvohnomasi va sug‘urta polisining asl nusxasini taqdim etadi va sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta polisi qayta rasmiylashtirib beriladi.
Savolga «O‘zagrosug‘urta» AJ boshqaruvi yuridik departamenti boshlig‘i Ilhom IShONQULOV javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi
13:00 / 09.04.2025
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
15:07 / 25.02.2025
Ayrim asbob-uskunalarni sug‘urtalash xarajati bir qismi qoplab beriladi
14:53 / 11.02.2025