Issiqko‘ldagi YTHda O‘zbekistonning 4 fuqarosi jarohat olgan (ro‘yxat)
Avval xabar qilinganidek, Qirg‘izistondagi Bishkek-Baliqchi trassasida yuz bergan yirik YTH tufayli O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlandi. 24.kg nashrining xabar berishicha, 4 nafar o‘zbekistonlik fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston fuqarolari:
1. Yelena O., 1976 yilda tug‘ilgan. Ahvoli barqaror.
2. Veronika O., 2006 yilda tug‘ilgan. Ahvoli barqaror
3. Igor O., 2006 yilda tug‘ilgan. Ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.
4. Lyudmila O., 1952 yilda tug‘ilgan. Ahvoli barqaror.
Avtomobil falokati Issiqko‘l tumanining Qizil-O‘ruk qishlog‘i yaqinida ro‘y bergan. Avtobus va yengil avtomobil to‘qnashib ketgan. Birinchisida O‘zbekistondan bo‘lgan raqs jamoasi a'zolari, yengil avtomashinada esa – besh yo‘lovchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:47 / 07.11.2024
Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025 yildan qatnay boshlaydi
18:44 / 02.10.2024
Qirg‘izistonning 4 ta pansionati O‘zbekistonga berildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024