Jamiyat | 19:35 / 03.08.2017
6379
2 daqiqa o‘qiladi

Shahrixonda sudyalar deputatlarga axborot berdi

Xalq deputatlari Shahrixon tuman Kengashining 31-sessiyasida bir qator sudyalarning, xususan jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudi raisi Sh.Shodmonov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudi raisi v.b. S.Yulchiyeva, Bo‘z tumanlararo iqtisodiy sudi raisi v.b. U.M.Saydahmedovning 2017 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha sudlar tomonidan amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.

Bo‘z tumanlararo iqtisodiy sudi raisi v.b. U.M.Saydahmedov o‘z axborotida faoliyatini joriy yilning 1 iyunidan boshlagan Bo‘z tumanlararo iqtisodiy sudiga 108ta ish kelib tushgan, xo‘jalik ishlarini 70 foizidan ko‘pini ochiq sayyor sudlarda ko‘rish uchun tayinlanganligini ma'lum qildi. 2017 yilning birinchi yarmida Andijon viloyat iqtisodiy sudi tomonidan Shahrixon tumani kesimida jami 1121ta xo‘jalik ishi ko‘rilgan.

6 oy davomida ko‘rilgan xo‘jalik ishlarini turkumlarga tasniflaganda eng ko‘p ish soliq qarzi bo‘yicha undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish yuzasidan ko‘rilgan bo‘lib, bunday ishlar soni 652tani tashkil qilgan. Shuningdek, banklardagi hisobvaraqalar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish yuzasidan 208ta, bankrot deb e'tirof etish yuzasidan 95ta, kommunal xizmat ko‘rsatish shartnomasi yuzasidan 38 ta, kredit shartnomasi yuzasidan 29ta, kontraktatsiya shartnomasi yuzasidan 23ta, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi yuzasidan 22ta ish ko‘rilganligi deputatlarga ma'lum qilindi.

Andijon viloyati bo‘yicha Xalq deputatlari kengashlari deputatlariga sudlarning axborot berish ishlari davom etmoqda.

Mavzuga oid