Jahon | 08:35 / 04.08.2017
11187
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda WannaCry virusini to‘xtata olgan dasturchi hibsga olindi

Foto: AP

Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab kompyuterlarni zararlagan WannaCry virusini to‘xtata olgan britaniyalik dasturchi Markus Xatchins Las-Vegasda Federal qidiruvlar byurosi xodimlari tomondan hibsga olindi.

Sky News nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Kryptos Logic kompaniyasining 22 yoshli xodimi minglab xakerlar ishtirok etgan kiberxavfsizlik anjumanidan keyin ushlangan.

Britaniyaning jinoyatchilikka qarshi agentligida bu ma'lumot tasdiqlangan, biroq bu “AQSh hukumatiga tegishli masala” deb aytilgan.

Hozircha dasturchi aynan nimada ayblanayotgani noma'lum, FQB esa izoh bermayapti.

3 avgustda WannaCry virusi yaratuvchilari internet-kartmonlardagi barcha pullarni yechib olishgani ma'lum bo‘ldi. Twitter-bot yordamida xakerlar kartmonlarini kuzatuvchi Quartz sayti ma'lumotlariga ko‘ra, hujum tashkilotchilari deb ehtimol qilinayotgan noma'lumlar 12 may kunidan beri bitkoin-kartmonlarda saqlangan 140 ming dollarni yechib olishga muvaffaq bo‘lganlar. 

Mavzuga oid