Sport | 01:06 / 04.08.2017
23848
6 daqiqa o‘qiladi

Jahongashta yo‘l. O‘z vaqtida faoliyatini tugatgan Klichko 

May oyining oxirlarida Vitaliy Klichko tan olgandi: ukasi Entoni Joshuani nokdaunga uchratganida Vladimirga shoshmaslikni va so‘nggi raundlarda yana shunday oldinga tashlanish mumkinligini maslahat bergan ekan. «Hozirgacha bu maslahatim uchun o‘zimni aybdor his qilaman. Barchasini tezda yakunlash kerak ekan», – degandi afsus bilan, Kiyev shahri meri.

Bunday so‘zlardan keyin tushunish mumkin ediki, Vladimir albatta yana ortga qaytadi va Joshuani revanshga chaqirib mag‘lubiyatga uchratishga urinib ko‘radi. Ammo bu yerda tushunish lozim bo‘lgan bir jihat bor edi: Katta Klichko endi afsus bilan, yutuq uchun zarur bo‘lgan jihatni aytayotgan bo‘lishi mumkin. Balki, sobiq chempion Entoni ringga qulaganidan keyin unga turbo-shturm uyushtirib oldinga borishi va uni nokautga uchratishi ham mumkin bo‘lgandir. Ammo bu butunlay tavakkal, va-bank borish bo‘lardi. Biroq aka-uka Klichkolarning eng asosiy quroli va balki eng katta yutug‘i hamda shu bilan birga eng katta kamchiligi jang davomida maksimal darajada ehtiyotkor bo‘lish edi.

 

A post shared by Anthony Joshua (@anthony_joshua) on

Tavakkalchilik – hech qachon ular uchun «tashrif qog‘ozi» bo‘lmagan. Joshua bilan jangda ham Vladimir butun faoliyati davomida qo‘llab kelgan taktikani tanladi: uzoq muddat raqibni o‘rganish va uni g‘azablantirish, shundan keyin esa, uni yoki ochkolar bo‘yicha mag‘lub etish, yoki chempionlik uch daqiqasini o‘tkazib faqat o‘shanda turbo rejimini qo‘shish. O‘sha kechada esa Vladimir Entoniga qaraganda kuchsizroq va sekinroq edi. Shunday ekan britaniyalik bokschini kamarga to‘liq munosib edi deb aytish mumkin – bu yerda ortiqcha savol bo‘lishi mumkin emas.

Mag‘lubiyatdan keyin kichik Klichko bir qator g‘alati bo‘lgan chiqishlar qildi. Misol uchun ularda u o‘zini triumfator sifatida his qilgani, liq to‘la «Uembli» uni olqishlaganini ta'kidladi. «Ringni tark etayotganimda, vujudim jimirlab ketdi. Meni 100 mingga yaqin odamlar o‘rnilaridan turib olqishlashayotgandi», – deya to‘lqinlanib gapirgandi Vladimir. Shu ma'noda uning boksdagi, umuman faoliyatidagi eng so‘nggi muhim jangini g‘olib sifatida tark etishga ishonchi komil bo‘lmaganini tushunish mumkin.

Revansh haqida hamma gapirdi: Klichkoning promouteri, Joshuaning promouteri, Andrey Ryabinskiy va hattoki Kostya Tszyu ham. Ammo avvaliga Vladimir «Inter» telekanaliga kelgusi rejalarini aytishni istamagan bo‘lsa, keyinroq butunlay tanaffus qildi va OAVda umuman ko‘rinish bermadi.

Unga qanchalik og‘ir bo‘lganini tushunish mumkin. U butun faoliyati davomida boks timsoli sifatida yashadi. Endi uning yo‘lida bitta yo‘l qolgandi: buyuk bokschi sifatida ketishdan voz kechish va so‘nggi mag‘lubiyatni tan olish, yoki Joshua bilan revansh va undan kamarni qaytarib olish hamda afsona sifatida ketish.

Vladimir roppa-rosa uch oy davomida o‘ylandi va shundan so‘ng haqiqiy Klichkolarga xos ravishda qaror chiqardi – o‘z kuchiga to‘g‘ri baho bera oldi, umidvor variantdan voz kechildi va faoliyatini yakunladi. Hammasi to‘g‘ri edi: yaxshisi uni 10 yil davomida boksda yetakchi bo‘lgan inson sifatida eslashsin, ringda qarib qartayib, tirishib, yiqilsa ham kurashga to‘ymaydigan qariya (shartli ravishda xuddi Yemelyanenko kabi) sifatida yodga olishlaridan ko‘ra shunisi ma'qul.

Albatta, balki Vladimirga ringda qolish uchun Tayson Fyuridan (bu mavzuda rosa ko‘p gapirgan) revansh olishi ishtiyoqi yordam berishi mumkin edi, ammo irlandiyalikning o‘zi sekingina ortga chekingandi va 28 yoshida sport ketvorgan va ukrainalik uchun yana bir stimulni barbod qilishga ulgurgandi.

Shunday ekan, kichik Klichko faoliyatini ayni vaqtida tugatdi deyishimiz mumkin. Hozirda butun dunyo Makgregor va Meyvezer o‘rtasidagi jang ishqida yonmoqda, asr jangini kutib yashamoqda. Bunday paytda Vladimirning qarori muhokama ham so‘roq ham qilinmasligi tayin. U kamtargina xayrlashishni ma'qul ko‘rdi. Buning uchun, butun faoliyati uchun uni olqishlashimiz va yangi hayotida tinch va osuda kirib borishida omad tilab qolishimiz mumkin.

Boksdan bu kabi ketish uyatli emas: Klichko o‘zidan keyin dunyo boksiga juda yaxshi o‘quvchi qoldirib ketmoqda. Ishonch bilan jang qila oladigan va bundan buyog‘iga uzoq vaqt og‘ir vaznning qiroli bo‘la oldigan yangi chempionga, go‘yoki izdosh shogirdiga taxtni tashlab ketmoqda.

Mavzuga oid