Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya sud zalida endi «qahramon» bo‘lmaydi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishida ishtirok etgan jinoyatchilarning hammasi sud zalida pista rangli kiyimlarda saqlanishi lozimligini ta'kidladi. Bu o‘zgarish faqat o‘sha voqea ishtirokchilariga tegishli bo‘lib, qolganlar odatiy me'yorga rioya qilishi belgilangan.
Gap shundaki, o‘tgan oyda o‘tkazilgan sud majlislari davomida ayblanuvchilardan biri «Qahramon» (HERO) yozuvi tushiilgan futbolkani kiygan holda so‘roq qilingan.
CNNTurk kanali xabarida aytilishicha, mahalliy politsiya 30 nafarga yaqin xuddi shunday kiyimda bo‘lgan ayblanuvchilarni aniqlagan.
«Endi sud zalida futbolkasidagi yozuvga noloyiq ayblanuvchilar bunday kiyimda chiqmaydi», degan Malatya shaharchasida nutq so‘zlagan mamlakat rahbari Erdo‘g‘an.
Kamida 260 kishi vafotiga sababchi bo‘lgan isyon ishtirokchilaridan shu kungacha deyarli 50 mingga yaqin kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
12:02 / 24.05.2025