Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Oskar" kinoakademiyasiga yangi prezident saylandi
Nufuzli "Oskar" mukofotini topshiruvchi Kinematografiya fan va san'at akademiyasi prezidenti saylovlarida kutilmaganda operator Jon Beyli g‘olib bo‘ldi. Bu haqida Variety xabar berdi.
Beyli mazkur lavozimda maksimal muddat - to‘rt yil faoliyat yuritgan Sheril Bun Ayzeksning o‘rnini egallaydi. Ta'kidlash joizki, Ayzeks ishtirokida "Oskar" siyosatiga sezilarli o‘zgarishlar kiritildi.
74 yoshli Jon Beyli "Misima: To‘rt bobli hayot" (1985),"Sug‘ur kuni" (1993), "Bundan yaxshisi bo‘lmaydi" (1997) kabi filmlari bilan tanilgan. U biror marta ham "Oskar"ga da'vogarlik qilmagan.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, kinoakademiya prezidenti lavozimi uchun shuningdek aktrisa Lora Dern, kasting bo‘yicha direktor Devid Rubin va boshqalar kurashgan.
Ta'kidlanishicha, tashkilotning aksariyat a'zolari yangi rahbar ayol kishi yoki qora tanli bo‘lishiga umid qilishgan. Ayzeks – bu lavozimdagi uchinchi ayol, shuningdek kinoakademiyaning birinchi qora tanli prezidenti.
Mavzuga oid
20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi
11:02 / 03.03.2025
«Anora» - «Oskar»ning bu yildagi asosiy filmi bo‘ldi. Uning rejissyori Shon Beyker to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi
12:57 / 17.02.2025
Akayev, Yanukovich, endi Asad – Moskvadan panoh topgan sobiq hukmdorlar
22:49 / 11.02.2025