Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgust so‘ngiga qadar metroning barcha stansiyalariga chiroqlar o‘rnatiladi
2017 yilning 25 avgustiga qadar Toshkent metropolitenining barcha stansiyalariga elektr energiyasini tejovchi chiroqlar o‘rnatiladi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" UK vakili Xalqaro Press-klubning “O‘zbekiston temir yo‘llari: yangi loyihalar va zamonaviy xizmat” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida xabar qildi.
Darhaqiqat, metropolitenning ayrim stansiyalari ichida chiroqlarning yetishmasligi, buning natijasida binoning ayrim qismi qorong‘ulashib qolishi sir emas. Vakilning so‘zlariga ko‘ra, ayrim stansiyalar, jumladan, O‘zbekiston, Chilonzor, Mashinasozlar bekatlari yoritgichlar bilan to‘liq ta'minlanadi. Hozirda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kerakli ishlar bajarilmoqda. 25 avgustdan barcha stansiyalarga yorituvchi chiroqlar o‘rnatiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, ayni damda kuniga 200 mingdan oshiq aholi Toshkent metrosi xizmatidan foydalanadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025