Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerga diametri 15-30 metr keladigan asteroid yaqinlashmoqda
Yerga katta tezlik bilan 2012 TC4 asteroidi yaqinlashmoqda. U sayyoramiz yonidan oktabrda uchib o‘tadi.
Ma'lum qilinishicha, asteroid Yer yonidan 12 oktabrda uchib o‘tadi. Bu vaqtda u bilan Yer orasidagi masofa bor-yo‘g‘i 44 ming km ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, asteroid bilan Oy o‘rtasidagi masofa ancha ko‘proqni – 384 ming 403 km ni tashkil qiladi.
Ushbu asteroidning diametri 15-30 metrga teng. U sayyoramiz yonidan uchib o‘tadigan masofa anchagina xavfli hisoblansa-da, Yevropa koinot agentligi vakillarining aytishicha, Yer va asteroidning to‘qnashish ehtimoli juda kichik.
Asteroid ilk bor 5 yil avval aniqlangan. Shundan beri olimlar uning harakatini o‘rganib keladilar.