Sport | 10:08 / 11.08.2017
18888
2 daqiqa o‘qiladi

Eronda ikki futbolchi g‘alati sabab bilan terma jamoadan haydaldi

Eron Sport vazirligi mamlakat terma jamoasining ikki a'zosi chetlatilgani haqida e'lon qildi. AFP nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli Ehson Hoji Safi va 33 yoshli Ma'sud Shojaiy chetlatilgan. Ularning ikkisi ham terma jamoa faxriylari hisoblanib, birinchisi termada 84ta, ikkinchisi 70ta o‘yin o‘tkazgan.

Ular Gretsiyaning «Panionios» klubi safida Yevropa ligasi saralash o‘yinlari doirasida Isroilning «Makkabi» klubiga qarshi o‘yinda maydonga chiqqani uchun jazolangan. Isroil bilan munosabatlari uzilgan Eron hukumati fikricha, bu futbolchilar isroilliklar bilan bir maydonda o‘ynashi orqali davlat bilan hamfikr emasliklarini ko‘rsatishgan.

Ma'lumot uchun, JCh-2018 saralashida O‘zbekiston bilan bir guruhda ishtirok etayotgan Eron terma jamoasi yo‘llanmani allaqachon hal qilgan. Qolgan ikki turda Karlos Keyrush shogirdlari Janubiy Koreya va Suriya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid