Sport | 22:09 / 13.08.2017
11322
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi

Angliya premer-ligasi birinchi turi doirasidagi oxirgi uchrashuvda «Manchester Yunayted» «Vest Hem Yunayted» bilan o‘ynadi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 33-daqiqasida Markus Rashfordning pasini Romelu Lukaku Jo Hart darvozasiga joyladi. Ikkinchi bo‘lim boshida Genrix Mxitaryan Lukakuni qulay vaziyatga chiqardi va hisob o‘zgardi - 2:0.

88-daqiqada Mxitaryan Antoni Marsiyalni golli pas bilan ta'minladi, ikki daqiqa o‘tib Pol Pogba raqibdan qochib ketdi va darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Bu yirik g‘alabadan keyin Joze Mourino shogirdlari turnir jadvalining eng yuqori qismiga joylashgan. Ikkinchi o‘rinda to‘plar nisbati +3 bo‘lgan «Haddersfild», uchinchi o‘rinda esa keyingi o‘rinlarda «Manchester Siti», «Tottenhem» va «Arsenal» jamoalari joylashgan.

Angliya premer-ligasi
1-tur
«Manchester Yunayted» – «Vest Hem» 4:0
(1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 33 Lukaku, 2:0 – 52 Lukaku, 3:0 – 87 Marsiyal, 4:0 – 90 Pogba.
«Manchester Yunayted»: – De Xea, Bayi, Jons, Blind, Valensiya, Mata (Fellayni, 76), Pogba, Matich, Mxitaryan (Lingard, 88), Reshford (Marsiyal, 80), Lukaku.
«Vest Hem» – Hart, Rid, Masuaku (Kressuell, 81), Sabaleta, Ogbonna, Nobl (Rays, 61), Obiang, Ayyu, Fernandesh (Sako, 60), Arnautovich, Ernandes.
Ogohlantirishlar: Bayi (43), Sabaleta (51), Valensiya (60), Ogbonna (66).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid