Jahon | 10:20 / 16.08.2017
3701
2 daqiqa o‘qiladi

Argentina prezidenti AQSh vitse-prezidenti bilan Venesuelani muhokama qildi

Foto: EPA

Argentina prezidenti Maurisio Makri AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, Venesuelada vaziyatni qurol yordamida hal qilish usuliga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

«Kuch qo‘llash – bu to‘g‘ri yo‘l emas», - dedi u. Uning ta'kidlashicha, Venesuela hukumatiga iqtisodiy bosimni istisno etmayapti.

O‘z navbatida Maykl Pensning ma'lum qilishicha, AQShda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga bosim o‘tkazish bo‘yicha ko‘plab imkoniyatlar bor, ular ko‘rib chiqilmoqda.

«Biroq bizning fikrcha, Maduro rejimiga nafaqat Amerika, balki butun dunyo tomonidan iqtisodiy va diplomatik bosimni kuchaytirish, Venesuelada tinch yo‘l bilan demokratiyani tiklashga turtki berishi mumkin», - deya ta'kidlab o‘tdi Amerika vitse-prezidenti.

Avvalroq Tramp Maduro bilan telefon orqali suhbatlashishdan bosh tortgandi.

Mavzuga oid