Samarqandda Islom Karimov haykali o‘rnatildi
Samarqandning sobiq Yo‘lbarslar xiyobonida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali qad rostladi. Ayni paytda haykal postamenti va uning oldidagi maydonda so‘nggi pardoz ishlari olib borilmoqda.
Qurilish ishlarida qatnashayotgan ishchilarning KUN.UZga ma'lum qilishlaricha, haykal kecha kechasi Toshkentdan olib kelingan. Uning bo‘yi 5,8 metr bo‘lib, 5,5 metr balandlikdagi postamentga o‘rnatilgan va usti oq mato bilan to‘sib qo‘yilgan.
Ilgariroq I.Karimovning ikki haykali yasab bo‘lingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Samarqandda o‘rnatilgan haykalda I.Karimov plashchda tasvirlangan.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Samarqanddagi haykalning ochilish marosimi 25 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Samarqandda «Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali ham ochiladi.
Mavzuga oid
12:40 / 01.10.2024
Samarqanddagi xorijlik o‘qituvchilar: maktablar uchun yangi tajriba
19:23 / 25.09.2024
Samarqandda qarovsiz holda quritib yuborilgan bog‘lar masalasi prokuratura nazoratiga olindi
16:16 / 25.09.2024
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
19:33 / 24.09.2024