Fan-texnika | 18:15 / 17.08.2017
2715
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya bitkoinlarga oid qonunchilikni kuchaytiradi

Avstraliya o‘zining pulni o‘zlashtirishga qarshi kurash va kriptovalyutani tartibga solish bo‘yicha qonunchiligini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times yozmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Avstraliya hukumati mamlakatning eng yirik banki Commonwealth Bank ishtirokidagi moliyaviy mojarodan so‘ng shunday choralarni ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.

Yangi qonunchilikka ko‘ra, hukumat kriptovalyuta birjalarini Avstraliya hisobot-tahliliy tranzaksiyalar markazi nazoratiga beradi.

Avvalroq Avstraliyada mamlakatning eng yirik banklariga qariyb 300 mln dollarlik soliq solingani xabar berilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid