Jahon | 15:30 / 19.08.2017
16325
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Surgutda yo‘lovchilarga qurolli hujum amalga oshirildi

Rossiyaning Surgut shahri markazida joylashgan Bajova ko‘chasida noma'lum shaxs yo‘lovchilarga pichoq bilan tashlanishi oqibatida 8 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizildi.

Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu hodisa mahalliy vaqt bilan soat 11:20dan 11:40 oralig‘ida ro‘y bergan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar hujum qiluvchini yo‘q qilishgan.

«Qo‘lga olish vaqtida qurolli shaxs qarshilik ko‘rsatdi. Avvaliga politsiya xodimlari havoga o‘q uzib, uni ogohlantirishdi. Shundan so‘ng u otib o‘ldirildi», deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Tarqalgan suratlarda o‘ldirilgan shaxsning belida portolvchi qurilma mulyaji borligini ko‘rish mumkin.

Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tekshiruvlar olib borilmoqda.

Mavzuga oid