O‘zbekiston | 11:36 / 20.08.2017
14284
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtinchalik yopiladi

Ertaga, 21 avgust kunidan Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘lining Maxtumquli ko‘chasidan Amir Temir ko‘chasiga qadar bo‘lgan qismi yopiladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Toshkent IIBB YHXBdan xabar berishdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu ko‘chalarda transport qatnovi taxminan 4-5 kunga yopiladi. Bunga sabab - Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga qarata qurilgan ko‘prikni qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. 

YHXBdan xabar berishlaricha, ko‘chalarda qatnov qachon tiklanishi noma'lum, bu ko‘prikni tiklash ishlari davomiyligiga bog‘liqdir.

Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga qarata quriladigan ko‘prik
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid