Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mbappe ham «Monako» mashg‘ulotlaridan chetlatildi
«Monako» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining uchinchi turi doirasida «Metts»ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagani sabablari ma'lum bo‘ldi.
18 yoshli futbolchi jamoadoshi Andrea Radji bilan janjallashgani tufayli mashg‘ulotlardan chetlatilgan. Mbappe mashg‘ulotni tark etishni istamagan, shundan so‘ng futbolchilar boshqa maydonga ketib, mashg‘ulotni davom ettirishgan.
Fransiya chempionatining birinchi turida «Tuluza»ga qarshi o‘yinda Mbappe faqat 75 daqiqa o‘ynagandi. Ikkinchi turda «Dijon»ga qarshi kechgan va 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda u zaxirada o‘tirdi.
Qayd etish kerakki, ushbu yosh hujumchi yozbo‘yi ko‘plab klublar e'tiborida bo‘lib kelmoqda. Bundan avvalroq Mbappe «PSJ»ga o‘tishga rozilik bildirgani, endi parijliklar klubi «Monako» bilan kelishishi qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, bu yozda transferlar mojarolari ko‘p sodir bo‘lmoqda. «Borussiya» va «Liverpul» futbolchilari klublari «Barselona»dan kelgan takliflarni qaytarishgach, jamoa uchun o‘ynashdan bosh tortishgan. Shuningdek, «Sauthempton» himoyachisi Virgil van Deyk «isyon» qilmoqda. Unga «Liverpul» va «Chelsi»dan jiddiy qiziqishlar mavjud, lekin «avliyolar» niderlandiyalik futbolchisini sotishni istamayapti.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
14:26 / 17.10.2024