Sport | 23:27 / 22.08.2017
9958
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Runi «Manchester Siti» muxlislarini mazax qildi

«Everton» hujumchisi Ueyn Runi «Manchester Siti» fanatlari ustidan kuldi.

Futbolchi 21 avgust oqshomida «shaharliklar» jamoasiga qarshi o‘yinda faoliyatidagi 200-golni urgandi. Shundan so‘ng, u «Manchester Siti» fanatlari joylashgan tribuna qarshisiga borib, golni nishonlagandi.

«Tanish yuzlarni ko‘rish har doim yoqimli», – deya yozgan Runi o‘yindan keyin tvitterdagi sahifasida.

Futbolchi bu gaplari bilan hazil qilmagan. 4 yil oldin Runi «Manchester Yunayted» safida «Manchester Siti»ga gol urganida bu jamoa muxlislari joylashgan tribuna oldiga kelgan va golni nishonlagandi. Quyidagi o‘sha o‘yinda shu tribunada bo‘lgan muxlislarning ba'zilari ikki fotosuratda ham borligini ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid