Jahon | 22:05 / 25.08.2017
6917
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston parlamenti bosh vazir nomzodi va yangi hukumat tarkibini tasdiqladi

Qirg‘iziston parlamenti prezident apparati rahbari Sapar Isoqov nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Mazkur qaror 90 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, 5 deputat unga qarshi ovoz berdi. Shuningdek deputatlar yangi kabinet tarkibi hamda nomzod taqdim etgan dasturni ham ma'qullashdi. "24kg" shu haqida xabar berdi. 

Isoqov bilan birga hukumatga To‘lqinbek Abdigulov (bosh vazirning 1-o‘rinbosari), Temir Jumaqodirov (xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari), Artyom Novikov (Iqtisodiyot vazirligi), Ulan Risqulov (Davlat sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish  qo‘mitasi) va Nurbek Abaskanov (Davlat aloqa qo‘mitasi)lar kirib keldi. Duyshanbek Ziloliyev esa Oleg Pankratovning o‘rnini (iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari) egalladi. 

Qolgan vazirlar o‘z o‘rinlarida qolishdi. Moliya vaziri Oqilbek Qosimaliyev va bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Cho‘lpon Sultonbekova shular jumlasidandir. 

Ta'kidlash joizki, sobiq bosh vazir 21 avgust kuni iste'foga chiqish uchun ariza yozgan. Shu kunning o‘zidayoq Markaziy saylov komissiyasi uning nomzodini prezidentlikka ro‘yxatdan o‘tkazgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid