O‘zbekiston | 19:45 / 25.08.2017
22273
2 daqiqa o‘qiladi

Quddus A'zam «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanali, «Yangi jamiyat» studiyasi bosh muharriri, «Munosabat» ko‘rsatuvi boshlovchisi Quddus A'zamovich A'zamov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni matni «O‘zbekiston 24» telekanali saytida keltirilgan.

Ahmadjon Meliboyev (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, publitsist), Ma'muraxon Tuxtasinovna Abduraximova («Farg‘ona haqiqati» gazetasi adabiyot va san'at bo‘limi mudiri), Zebo Tuxtayevna Boboyeva (O‘zbekiston milliy axborot agentligi tarjima tahririyati tarjimoni) va Mashkura Isamitdinova Zaxidova («Narodnoye slovo» gazetasi tarjimoni) ham «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlanishgan.

Shuningdek, «Namangan haqiqati» gazetasi bo‘limi mudiri Rislik Majnunova va «Pravda Vostoka» gazetasi bo‘limi mudiri Timur Nizayevga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti Televideniye va radioeshittirish kafedrasi professori Hamidulla Akbarovga «Mehnat shuhrati» ordeni berilgan. 

Mavzuga oid