Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning Jalolobodida er rafiqasini o‘ldirib, so‘ngra o‘z joniga qasd qildi
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Beshik-Jon qishlog‘ida oilaviy fojia yuz berdi. Qishloq ahli hamqishloqlaridan birining dorga osilgan jasadini aniqlab, militsiya chaqirtirgan.
Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 25 avgust kuni yuz bergan. Shu kuni soat 7:00larda Bozor-Qo‘rg‘on tumani ichki ishlar boshqarmasiga Beshik-Jonda erkak jasadi topilgani haqidagi xabar tushgan. Erkak o‘z uyi omborida dorga osilgan holda topilgan.
Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan. Uy ko‘zdan kechirilganda u yerda erkak rafiqasining zo‘ravonlik alomatlari bilan o‘lgan jasadi aniqlangan. Tergov tomondan zaruriy sud-tibbiy va boshqa ekspertizalar belgilangan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkak janjal vaqtida rafiqasiga pichoq bilan zarba bergan. Ayol olingan jarohatdan voqea joyida jon bergan. Erkak jahl ustida nima qilib qo‘yganini anglagach, o‘zini osib qo‘ygan.
Erkak hamqishloqlarining aytishicha, er-xotin 10 yilga yaqin birga yashashgan. Erkak hech qayerda ishlamagan. Uning 26 yoshli rafiqasi esa 26 avgustda Rossiyaga ishlagani ketishi kerak bo‘lgan.
Tergov taxminiga ko‘ra, qotillik er-xotin o‘rtasidagi janjal va o‘zaro yomon munosabatlar oqibatida sodir etilgan. Marhumlar qarindoshlarining aytishicha, er-xotin orasida avvallari ham janjallar bo‘lib turgan.
Ushbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda. Eng ayanchlisi, marhumlarning ikki norasida farzandi yetim bo‘lib qoldi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
20:42 / 20.05.2025