Tojikistonda mikroavtobusning daryoga ag‘anashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Tojikiston sharqida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobusning Shoxdara daryosiga ag‘anashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati shtabi navbatchi qismiga iqtibos keltirgan holda mahalliy OAV xabar berdi.
“Fojia 28 avgust soat 7:30larda sodir bo‘lgan. Ichida 13 yo‘lovchi, jumladan 4 bola bo‘lgan Starex mikroavtobusi Roshtqal'a-Xorug‘ avtotrassasining 20 kilometrida tog‘ yo‘lidan daryoga tushib ketgan”, deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, mikroavtobusdagi barcha bolalar halok bo‘lishgan. Omon qolgan 3 nafar yoshi katta yo‘lovchi va haydovchi turli jarohatlar bilan Xorug‘ shahri shifoxonasiga yetkazilganlar.
Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024