Jahon | 15:25 / 01.09.2017
24750
3 daqiqa o‘qiladi

Myanmada nega musulmonlar qiyin ahvolda qolgan​?

© REUTERS / Mohammad Ponir Hossain

O‘tgan yilning 9 oktabrida «Harakah al-Yaqin» guruhining Myanma chegara postlariga hujumi natijasida boshlangan nizolar yuz berganidan so‘ng 75,000 nafarga yaqin rohingya Bangladeshga ko‘chib keldi. Ayni paytda 1,3 milliard aholiga ega Hindiston ichida ham ishsizlik, qashshoqlik va ijtimoiy sharoitlar past darajada bo‘lib, buning ustiga etnik-diniy to‘qnashuvlar musulmon jamoalarining tinkasini quritib bormoqda. Rohingya jamoasi musulmonlari kim va nima uchun qiyinchiliklarga duchor bo‘lmoqda?

Ziddiyat tarixiga bir nazar

XV asrda Buyuk Britaniya flotiliyasi Hind okeani havzasiga kirib kelgan bir davrda, rohingya xalqi Arakan vodiysida keng yoyilgandi. 1826 yili inglizlar Arakan hududini annektsiya qilishi bilan vodiyga ko‘plab rohingyalarning ko‘chib kelishi boshlandi. Dastavval, 1869 yilda vodiy aholisining 5 foizini musulmonlar tashkil qilgan bo‘lsa, 1911 yilga kelib, ularning soni 178 mingdan ortdi.

Keyinchalik, Buyuk Britaniyaning hind yerida olib borayotgan «bo‘lib tashla, hukmronlik qil!» siyosati samara bermay qo‘ydi. Mustamlaka yerlarning mustaqillik uchun kurashi avj oldi. Shu orada, ya'ni 1942 yili Arakan buddistlari, rohingya musulmonlari va ingliz qurolli kuchlari o‘rtasida jiddiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi.

1948 yil Birma (hozirgi Myanma) davlati o‘z mustaqilligini e'lon qildi, ammo rohingya jamoalarini o‘z fuqarolari tarkibiga kiritmasligini bildirib, keskin separistik harakatni boshlab bergan.

So‘nggi kunlarda vaziyat keskinlashmoqda

O‘tgan davr mobaynida inson huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan xalqaro tashkilotlar, BMT, mintaqa mamlakatlari ultra millatchilik ruhida rohingyalarga tajovuz qilinishi yo‘l qo‘yib kelgan Myanma hukumati qattiq tanqidga ostiga olingan.

2012 yili rohingya a'zolarining biri tomonidan zo‘rlangan roxina (buddist) ayoli va buddistlar tomonidan 10 musulmon qatl etilishi katta janjalni boshlab berdi. The Economist nashrining yozishicha, hukumat rohingya jamoasining sitamlarga mahkum bo‘lishiga beparvo bo‘lib, millatchi buddistlarni bepul tushlik va transport bilan ta'minlab turgan.

Aynan mamlakat g‘arbida joylashgan Rakxayn shtatida etnik kelib chiqishiga ko‘ra roxinalar kam sonli bo‘lib qolayotgani muammoni bartaraf etishga imkon bermayapti. 140 ming nafarga yaqin rohingyaning maqomi rasman tan olinmagan holatda, Rakxayn etnik va diniy ziddiyatlar portlashi kutilayotgan bochkadek kun kechirmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid