O‘zbekiston | 20:55 / 02.09.2017
22486
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev: Qishloq xo‘jaligida bilmagan narsalarimiz juda ko‘p
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Prezident «Toshkesgan» fermer xo‘jaligining paxta dalasini ko‘zdan kechirdi. Fermer va dehqonlar bilan agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri va sifatli amalga oshirish, hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish xususida suhbatlashdi.
«Biz qishloq xo‘jaligi sohasida hamma narsani bilamiz, deb o‘ylaymiz. Aslida biz bilmagan narsalar juda ko‘p. Shunday ekan, bu borada o‘qish, izlanishdan to‘xtamasligimiz, fermerlarning o‘qishini tashkil etishimiz kerak. Ularga yetuk mutaxassislar dars berishi zarur», degan prezident.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024