O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yinini Konstantin Genich ham sharhlaydi
5 sentabr kuni soat 20:00 da Kelgusi yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati III saralash bosqichining so‘nggi tur o‘yinida «Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
TRIBUNA.UZ manbalarining xabar berishicha, ushbu o‘yinni sharhlash uchun Rossiyaning MATCh-TV telekanalida ishlovchi mashhur sharhlovchi Konstantin Genich Toshkentga tashrif buyurmoqda. Federatsiyadagi manbamiz ham Genich uchun akkreditatsiya hozirlanayotganini tasdiqladi.
«Sport» telekanalida o‘yin o‘zbek sharhlovchilaridan biri tomonidan sharhlab borilishi aytilmoqda. Konstantin Genich sharhlaydigan o‘yin 16:9 formatdagi «Dunyo bo‘ylab» kanali efiriga chiqishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
14:20 / 27.09.2024
Janubiy Koreyada itlarni go‘shti uchun boqishdan bosh tortgan fermerlarga pul to‘lanadi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024